Turkiyaga kiriş yanada murakkablaşdi...

Turkiyaga kiriş yanada murakkablaşdi...

Turkiya hukumati mamlakatga keluvçilar uçun yangi qoidalar joriy etmoqda: yölovçilar koronavirusga topşirgan testi natijasi manfiy ekanligi töğrisidagi maʼlumotnomani taqdim etişlari şart. Bu haqda Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Faxrettin Koja özining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

“Çoralarni kuçaytiryapmiz. 28 dekabrdan boşlab Turkiyaga havo yöli orqali va 30 dekabrdan boşlab quruqlik yoki dengiz yöli orqali keladigan barça yölovçilar mamlakatga kirib kelgunigaça 72 soatdan köp bölmagan vaqt içida koronavirusga topşirgan testi natijasi manfiy çiqqani töğrisida maʼlumotnomaga ega bölişlari şart”, deb yozdi u.

Uning qöşimça qilişiça, Turkiyaga keluvçilar test natijasini samolyotga çiqişdan oldin taqdim etişlari lozim. Aks holda ular mamlakatga kiritilmaydi. Kiritilgan çoralar 2021 yil 1 martgaça amal qiladi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,1 mln kişiga yetgan, 19,3 mingdan ortiq kişi vafot etgan.

×