Xitoyning Şensi provintsiyasida qutqaruvçilar tuproq ostida uç kun qolib ketgan ayolni qabrdan çiqarib olişdi, deya xabar berdi «Metro».
Favqulodda xizmat xodimlari 79 yoşli kampirni çiqarib olişdi. Uni öz öğli tiriklayin kömib taşlagan ekan. Xabarga köra, nafaqadagi ayol tirik.
Hodisa 5 may kuni maʼlum böldi. Yöqolib qolgan kampirning kelini politsiyaga murojaat qilgan.
Uning aytişiça, eri falajlangan onasini aravaga solib, qayoqqadir olib ketgan. Söng yolğiz özi qaytgan. Qaynanasi qayerdaligini söraganida, eri maşinaga solib, qarindoşinikiga yuborganini aytgan.
Erining gaplariga işonmagan ayol huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan.
Keyinçalik maʼlum bölişiça, 57 yoşli Ma onasini qabristondagi taşlandiq görga taşlab, jinoyatini yaşiriş uçun tuproq bilan kömib yuborgan.
Falajlangan keksa ayol ovqatsiz, suvsiz qabrda uç keçayu uç kunduz qolib ketgan. Qabristonda politsiyaçilar ayolning yordam sörab ingrayotganini eşitişgan. Ular qabrni kovlab, ayolni çiqarib olişgan. U qiynalib nafas olardi. Keksa ayol tezda şifoxonaga yetkazilgan. Öğli esa hibsga olingan.









