Quyoşda kuçli portlaş: ertadan Yerda magnit böronlari kutilmoqda

Quyoşda kuçli portlaş: ertadan Yerda magnit böronlari kutilmoqda

26 avgust kuni Quyoşda M toifali portlaş yuz bergan. Quyoşning Yerga qaragan AR3089 nomli doğidan ulkan plazma oqimi otilib çiqqan. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, u ertaga, 29 avgust kuni Yerga yetib keladi va geomagnit böronlariga sababçi böladi, deb yozdi Live Science.

Fazoviy ob-havoni kuzatuvçi ekspertlar şu haftada Quyoşda navbatdagi kuçli portlaş yuz berişidan ogohlantirişgandi.

Magnit böronlari bir neça kun davom etişi, GPS tizimlari, radioaloqa va energiya tizimlariga ayrim taʼsirlari bölişi kutilmoqda. Biroq ekspertlar bu taʼsirlar qisqa muddatli xususiyatga ega bölişini aytişgan.

Geomagnit böronlarining natijasida sayyoramizning ham şimoli, ham janubida qutb yoğdulari paydo böladi.

×