Hafta davomida Özbekistonning ayrim hududlarida kuçli şamol va çangli böron kuzatilişi mumkin. Bu haqda “Özgidromet” xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, 8 iyulda Özbekistonning şimoliy hududlariga, 9–10 iyul kunlari Respublikaning barça hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida şakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
Şuningdek, 7 iyulda Qoraqalpoğiston böyiça, 8–10 iyulda Respublikaning barça hududlari böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Baʼzi joylarda çangli böron bilan 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin.









