Rossiyada uruşga borganlarga 1 gektardan yer beriş taklif qilindi

Rossiyada uruşga borganlarga 1 gektardan yer beriş taklif qilindi

Rossiyada uruşga borgan har bir kişiga 1 gektargaça yerni bepul beriş taklif etildi. Bunday qonun loyihasi Davlat Dumasiga Sergey Mironov boşçiligidagi “Adolatli Rossiya – Haqiqat uçun” fraktsiyasi tomonidan taqdim etildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni qonun loyihasi böyiça tuşuntiriş xatiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi. 

“Uşbu federal qonun loyihasiga muvofiq, Ukraina, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududlarida (2022 yil 24 fevraldan) “maxsus harbiy operatsiya” davomida topşiriqlarni bajargan jangovar faxriylar orasidan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini davlat yoki munitsipal mulkda bölgan 1 gektardan ortiq bölmagan yer uçastkasidan tekin foydalaniş imkoniyati bilan taʼminlaş taklif etilmoqda”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilişiça, bunday yer har qanday subʼektda bir marta berilişi mumkin. Biroq Qrim, federal ahamiyatga ega şaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Sevastopol; Moskva viloyati, Kaliningrad viloyati, şuningdek, Janubiy federal okrugi, Şimoliy Kavkaz federal okrugi tarkibiga kiruvçi Rossiya Federatsiyasining taʼsis subʼektlarida joylaşgan yer uçastkalari bundan mustasno. 

“Albatta, bular likvid yerlar bölişi kerak. Bir gektar oçiq yerni odamlarning boşiga taşlab bölmaydi, şunda ular kredit olib, öz mablağlari bilan yerni özlaştirsin. Bu uçastkalar yakka tartibdagi uy-joy qurilişi uçun yaroqli bölişi kerak, demak, viloyat va şahar hokimiyatlari buning uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratişi talab qilinadi”, deydi Sergey Mironov.


×