Rossiya qamoqxonalarida turli ayblovlar bilan hibsga olingan va ozodlikni orziqib kutayotgan özbeklar kammi? Ularning yaqinlari, ayniqsa şu kunlarda yuraklarini hovuçlab yaşamoqda. Çunki «Vagner» xususiy harbiy şirkati mahbuslarni turli vaʼdalar bilan avrab, uruşga borişga köndirişi haqida eşitişgan.
Endi esa bu borada aniq-tiniq maʼlumotlar eʼlon qilina boşladi.
Rossiyadagi huquq faoli Olga Romanova telegramm kanalida maʼlum qilişiça, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini ötayotgan markaziy osiyolik, şuningdek, Ozarbayjon va beloruslik mahbuslar uruşga jalb qilinayotgani haqida ommaviy murojaatlar tuşayapti.
«Ötgan haftada Yaroslavldagi zonalarda ötirgan özbekistonlik tört fuqaroni olib qololdik. Ular çet ellik axir! Bugun oqşom esa Boşqirdistondagi qamoqda ötirgan özbeklarning qarindoşlari bizga murojaat qilişdi. Ularni olib ketişibdi», deb yozadi Romanova.
Muallifga köra, çet el fuqarolarning uruşda halok bölgani haqidagi maʼlumot ortidan ham murojaat bölgan: «Uruşda ölgan belaruslik mahkumning singlisi akasini vatanida dafn qiliş uçun uning jasadini «Vagner» XHŞdan ololmayapti. Bu yerda heç qanaqa pul, heç qanaqa tovon haqida gap ham ketmayapti».
Olga Romanova jamğarmaga Özbekiston elçixonasi aloqaga çiqqani ortidan hamkorlikda iş boşlaşganini taʼkidlaydi.
«Siz-çi, Ozarbayjon, Qirğiziston, Tojikiston elçixonalari, fuqarolaringizni nega ukrainlarni öldirişga yuborayotgani bilan qiziqmaysizmi?» deya u boşqa davlatlar elçixonalariga murojaat qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xorijdagi yurtdoşlarimizni çet davlatlar harbiylaşgan tuzilmalariga yollaniş javobgarlikka sabab bölişi haqida ogohlantirgandi.









