Rossiyada prezident Vladimir Putinning suratini 5 ming rubllik banknotada joylaştiriş taklif qilindi. Uşbu taklifni Davlat dumasining siyosiy iqtisodiyot böyiça qömitasi raisi örinbosari, deputat Sergey Kalaşnikov bildirdi.
“Vladimir Vladimiroviç Putinni 5 ming rubllik banknotada joylaştiriş böyiça qonunni muhokama uçun kiritiş lozim. Öylaymanki, bu mantiqan töğri böladi”, deb aytgan deputat “Govorit Moskva” radiosi efirida.
Taʼkidlanişiça, deputat uşbu taklifni AQŞda 20 dollarlik kupyurada quldorlikka qarşi kuraşgan afroamerikalik ayol Garriyet Tabmenning suratini joylaştiriş taşabbusi muhokama qilingan vaqtda aytgan.
Keyinroq Kalaşnikov uşbu taşabbusni muhokama uçun olib çiqmoqçi emasligini maʼlum qilgan.
“Men kupyuralarda muayyan zamon, muayyan davr ramzlari joylaştirilişi kerakligi haqidagi fikrni aytdim. Mendan hozirda bizda kupyurada nima tasvirlanişi mumkinligi haqida söraşdi. Men Putindan boşqa ramzni körmayotganimni aytdim”, deb izoh bergan deputat.
Finanz.ru portali maʼlumotlariga köra, Kalaşnikov Putin tasvirlangan rubllarni bosişni birinçi bölib taklif qilmayapti. 2017 yilda “Avanti” uyuşmasi ham şunday taşabbusni bildirgan. Öşanda Putinni 10 minglik kupyurada tasvirlaş taklif qilingan. Biroq bu taklif Rossiya Markaziy banki tomonidan rad etilgan, çunki anʼanaga köra banknotalarda amaldagi siyosiy va jamoat arboblari suratlari qöllanmaydi.
Ayni vaqtda Rossiyada 5 minglik kupyura eng katta qiymatdagisi hisoblanadi.









