Rossiyaning yangi saylangan prezidenti inauguratsiyasi kuni hukumat isteʼfoga çiqadi va mamlakatda yangi Vazirlar Mahkamasini şakllantiriş jarayoni boşlanadi. Bu haqda mamlakat konstitutsiyasiga tayanib, rus matbuoti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, hukumat 2020 yil 1 iyulda bölib ötgan Butunrossiya ovoz beriş jarayonida maʼqullangan Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatiş bilan belgilangan yangi qoidalar böyiça birinçi marta töliq şakllantiriladi.
Joriy yilning 15-17 mart kunlari bölib ötgan prezidentlik saylovlarida Vladimir Putin rasman Rossiya prezidenti etib qayta saylandi va saylov natijalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.
Qonunga köra, Rossiya Federatsiyasi prezidenti inauguratsiyadan keyin ikki hafta içida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining nomzodi böyiça deputatlar körib çiqiş uçun taklif kiritadi. Şu kundan boşlab bir hafta içida deputatlar prezident taklif qilgan nomzodni körib çiqadilar. Agar Davlat Dumasi uni tasdiqlasa, prezident boş vazir lavozimiga nomzodni tayinlaydi.
Qonunga köra, davlat rahbarining qasamyod qiliş marosimi 7 may kuni bölib ötişi kerak, qasamyod qabul qiliş kuni esa Vazirlar Mahkamasi Rossiyaning yangi saylangan prezidenti oldidagi vakolatlarini bajarişni töxtatadi. Şu tariqa, hukumat 7 may kuni isteʼfoga çiqişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya prezidentligiga nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin ğalaba qozongan edi.









