Keça, 1 sentyabr kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bir qator vazirliklar rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning tegişli farmonlari bilan Qozoğiston Içki işlar vaziri Marat Axmetjanov, Axborot va ijtimoiy rivojlaniş vaziri Darxan Qidirali, Madaniyat va sport vaziri Asxat Oralov, Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Zulfiya Suleymenova lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, Boş vazir örinbosari – Savdo va integratsiya vaziri lavozimida işlab kelgan Serik Jumangarin işdan olinib, Boş vazir örinbosari mavqeini saqlab qolgan. Xuddi şunday, Tamara Duysenova ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri vazifasidan ozod qilingan va Boş vazir örinbosari lavozimini saqlab qolgan.
Öz örnida, Içki işlar vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan Yerjan Sadenov endilikda uşbu vazirlikning rahbari etib tayinlangan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligiga esa Svetlana Jakupova rahbar bölgan. Sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş vaziri lavozimida işlab kelgan Marat Qoraboyev esa yangi taşkil etilgan Transport vazirligiga rahbar etib tayinlangan.
Qayd etiş joizki, Sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş vazirligi Transport vazirligi hamda Sanoat va quriliş vazirligiga ajratilgan. Bundan taşqari, Axborot va ijtimoiy rivojlaniş vazirligi Madaniyat va axborot vazirligiga, Madaniyat va sport işlari vazirligi esa Turizm va sport vazirligiga aylantirilgan.
Şu munosabat bilan, Aida Balayeva Madaniyat va axborot vaziri etib, Yermek Marjikpayev esa Turizm va sport vaziri etib tayinlangan.
Şuningdek, Töqayev Qozoğiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatda yana bir vazirlik – Suv xöjaligi va irrigatsiya vazirligi taşkil etilişini maʼlum qilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Qosim-Jomart Töqayev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasini qayta taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzolagandi. Prezident Administratsiyasida boşqaruv tuzilmasi özgargani munosabati bilan bir qator mansabdor şaxslar egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi. Özgartirişlar munosabati bilan davlat rahbari bir qator tayinlovlarni amalga oşirdi, jumladan, özining yangi yordamçilarini tayinladi.









