OTM talabalari 25 oktyabrdan 3 haftalik taʼtilga çiqişi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, uşbu xabar heç qanday asosga ega emas, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini fake (yolğon, asossiz) xabarlarga işonmaslikka çaqiradi.
«Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, yolğon xabar tarqatiş Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga («Yolğon axborot tarqatiş) köra javobgarlikka sabab bölişidan ogohlantiramiz»,—deyiladi vazirlik xabarida.









