Armaniston Milliy Assambleyasi (parlamenti) Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qildi. Bu haqda “Armenpress” xabar berdi.
Qayd etilişiça, ratifikatsiya muhokamalarida faqat Boş vazir Nikol Paşinyanning “Fuqarolik şartnomasi” fraktsiyasi iştirok etgan.
Muxolifatdagi “Armaniston” va “Menga şaraf” fraktsiyalari uşbu masalani muhokama qilişni boykot qilib, ovoz berişsiz majlisni tark etgan. Parlament spikeri Alen Simonyanning maʼlum qilişiça, ratifikatsiya uçun 60 deputatning 20 nafari qarşi ovoz bergan.
Taʼkidlaş joizki, Armaniston 1998 yilda Rim statutini imzolagan, biroq hujjat Armaniston konstitutsiyasiga zid deb topilgaç, ratifikatsiya jarayoni 2004 yilda töxtatilgan. 2022 yil oxirida Armaniston hukumati ratifikatsiya jarayonini tiklagan.
Rossiya Armaniston tomonidan hujjatning ratifikatsiya qilinişiga faol qarşilik körsatdi. Öz navbatida, Armaniston hukumati nizomni ratifikatsiya qiliş zarurligini asoslab bergan.
“Mamlakatimizga qarşi harbiy jinoyatlar sodir etilgan va qilinmoqda. Bizga bu [ratifikatsiya] kerak, mamlakatimizga kerak”, degan parlament spikeri Alen Simonyan sentyabr boşida.
Rim statuti Xalqaro jinoiy sudni taşkil etgan xalqaro şartnomadir. U 1998 yilning 17 iyulida Rimda bölib ötgan diplomatik konferentsiyada qabul qilingan va 2002 yil 1 iyulda kuçga kirgan. Uni 137 davlat imzolagan va 120 dan ortiq davlat ratifikatsiya qilgan.
Sud genotsid jinoyati, insoniyatga qarşi jinoyatlar, uruş jinoyatlari va tajovuz jinoyatlari kabi jinoyatlar böyiça yurisdiktsiyaga ega. Davlat Rim statutining iştirokçisiga aylangandan söng, u belgilangan jinoyatlar böyiça sudning yurisdiktsiyasini qabul qiladi. Biroq, statutning 25-moddasiga muvofiq, Sud davlatlar ustidan emas, balki jismoniy şaxslar ustidan yurisdiktsiyaga ega. Sud davlatning içki yurisdiktsiyasidan ustunlikka ega emas.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergandi. Rossiyaning amaldagi Prezidentiga qarşi Rossiya-Ukraina mojarosi paytida bolalarni Ukraina hududidan Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilganlik uçun ayblovlar qöyilgan. Putin bilan birgalikda Prezidentning bolalar huquqlari böyiça komissari Mariya Lvova-Belovani ham hibsga oliş uçun order berilgan.









