Milliarder Alişer Usmonov 2022 yilda dividendlardan eng köp foyda olgan Rossiyaning boy odamlaridan biriga aylandi. Bu haqda “Forbes” naşri xabar berdi.
Keltirilişiça, Usmonov “Metalloinvest” kon-metallurgiya holdingidan olgan 64,7 mlrd söm (708,7 mln dollar) dividend daromadi bilan reytingda yettinçi örinni egallagan.
Röyxatdagi barça iştirokçilarning umumiy daromadi 1,39 trln sömni ($15,2 mlrd) taşkil etgan. Birinçi örinni 2022 yil uçun 156 milliard rubl (1,7 milliard dollar) dividend daromadi bilan “Lukoyl”ning sobiq prezidenti Vagit Alekperov egalagan.
“Forbes” maʼlumotlariga köra, Usmonov Rossiyaning eng boy 20 işbilarmonlari röyxatida sakkizinçi örinni egallaydi, uning boyligi hozirda 14,4 milliard dollarni taşkil etadi. U “Metalloinvest”, “Udokan mis” va “Megafon”ni öz içiga olgan USM guruhining asosçisi va eng yirik aktsiyadori hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyida “Bloomberg” naşri Alişer Usmonovning boyligi 2023 yilning boşidan beri 1,06 milliard dollarga köpayganini maʼlum qilgan edi.









