Falastinning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi

Falastinning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi

14 yanvar kuni Falastinning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Vaill Ahmed Battrexi Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovga işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Uning bildirişiça, uçraşuvda Özbekiston va Falastin munosabatlarini ikki va köp tomonlama formatlarda rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.“Davlatlar örtasidagi döstona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlaşga kelişdik. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi elçi janoblarini mamlakatimizdagi faoliyati davomida qöllab-quvvatlaşga tayyor”, deydi Baxtiyor Saidov.

Maʼlumot uçun, Vaill Ahmed Battrexi Falastin davlatining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Javad Muhammad Avadning örnini egalladi. Javad Muhammad Avad 2022 yilning aprelida uşbu lavozimga tayinlangan edi.


Teglar:
×