Qonli oqşom: Moskvadagi terakt Kreml stsenariysimi?

Qonli oqşom: Moskvadagi terakt Kreml stsenariysimi?

Moskvada terakt sodir etilganiga ham 6 kun böldi. Terakt oqibatida kamida 140 nafar odam halok bölgan bölsa, 360 dan ortiq kişi turli darajada jarohat oldi. Rossiya hukumati esa hujumdan öz siyosiy maqsadlari yölida foydalanişga urinmoqda. Bu terrorning “kremlçilar tomonidan ataylab, maʼlum bir stsenariy asosida uyuştirilgani” haqidagi taxminlarni kuçaytirib boryapti. Gap şundaki, terakt oqibatida yuzaga kelgan vaziyatdan rasmiy Moskvaning manfaatlari bor. Xöş, bu manfaat nimalardan iborat? Uning oqibatlari Prezident Vladimir Putinga qanday foyda keltiradi? 

Umuman olganda, sönggi haftalarda Rossiya haqidagi yangiliklar şubhali tusda edi: Muxolifat yetakçisi Aleksey Navalniyning ölimi, prezident saylovi va Vladimir Putinning Ukrainaga qarşi uruşni davom ettirişdagi şafqatsiz talabi. Ğarb mamlakatlari rossiyaliklarni saylov natijalarini tan olmaslikka çaqirayotgan bir paytda sodir etilgan terakt Putin uçun juda qöl keldi. Ayrim tahlilçilarning fikriça, u bu qirğindan “Ukrainadagi jinoyatlarini oqlaş yölida” foydalanyapti. 

Ukrainadagi uruşni jadallaştiriş

18 mart kuni Putin prezidentlik saylovida yana ğalaba qozondi va saylovdan ikki kun ötiboq qöl ostidagilarga Ukrainadagi uruşni jadallaştiriş talabini qöydi. Siyosatşunoslar bunday vaziyatda aholida umumiy duşmanga nisbatan nafratni oşiriş va uruşga bölgan xayrixohlikni kuçaytiriş kerakligini aytadi. Saylovdan bir neça kun keyin terakt uyuştirildi.

Özbekistondagi Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşiş markazi direktori Yuliy Yusupov terakt borasidagi şubhalarini bayon etar ekan, şunday deb yozdi:

“Moskvadagi dahşatli terakt. Bu sodir bölişi haqida oldindan ogohlantirilgan Rossiya Federatsiyasi maxsus xizmatlarining töliq kelişuvi (yoki hamkorlikdami?) bilan (garçi Putler ogohlantirişni "şantaj" deb atagan bölsa ham) böldi. Ular nima qilişni aniq biladigan va öldiriş, portlatiş borasida professionallar ekani aniq. Çunki ular jinoyat joyidan qoçişga ham muvaffaq böldi.
Va keyin bu "professionallar" aql bovar qilmaydigan narsalarni qilişni boşladi. Ular jinoyat sodir bölgan joydan özlari biroz avval kelgan maşinada ketişdi. Qayoqqa? Töppa-töğri "Ukrainaga qoçiş" uçun nazorat punktlari bilan töldirilgan front çiziğiga – Bryansk viloyatiga (Moskvada şunçaki yotiş örniga – ularni u yerda qanday topiş mumkin?) Ular ahmoqona birinçi yöl politsiyasidan qoçib ketadi va maʼlum bölişiça, ular "professionallar" emas, balki tojikistonlik musofirlar bölib çiqadi. Ularni Telegram orqali yollaşgan va balki ular voqea joyidan Ukrainaga qoçib ketiş haqida körsatma olişgan şekilli...”, deydi Yusupov.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ Rossiyadagi terror xurujlari xavfi haqida ogohlantirganini rad etdi. Uning sözlariga köra, Kremlga razvedka maʼlumotlari berilmagan. Hozirda ğarbliklar bilan heç qanday aloqa yöq. 

Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya razvedka xizmatlari "Krokus Siti Holl" kontsert zalida sodir bölgan terakt haqida oldindan bilganini aytmoqda. 

“15 fevralda Rossiya teraktga tayyorgarlik haqida bilgan. Bu maʼlumotlar guruhning Suriyadagi razvedka bölimi orqali ötgan. U yerdan Moskvaga yetgan. Ular ğalati tarzda hammasi kutilmaganda sodir böldi, deb ertak aytişmasin. Nega ular bunga ruxsat berişganiga bir neçta variant bor. Birinçisi, ularning odati böyiça, hozirda bir neçta amaldorlarni olib taşlaş uçun “tösiqlar” bor. Yana bir ehtimol, ular sodir böladigan voqealar kölamini yetarliça baholamagan. Ular bu köproq mahalliy böladi, deb öylaşdi va hamma narsada Ukrainani ayblamoqçi bölişdi”, deydi Budanov.

IŞIDning “Viloyati Xuroson” nomli terrorçilik guruhi qonli hujum uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olib, uning dahşatli tasvirlarini eʼlon qilgan bölsa-da, Kreml bunda Ukrainaning qöli borligiga işora qilyapti. Xususan, Putin avvaliga isbot-dalilsiz terrorçilarning qoçişi uçun Ukraina tomonidan çiqiş yölagi tayyorlab qöyilganini taʼkidladi. Duşanba kuni esa u jinoyat “radikal islomçilar tomonidan sodir etilganini” aytdi, lekin yana Ukrainaga işora qilib, jinoyatçilar Ukrainaga qoçib ketişni rejalaştirganini daʼvo qildi.

“Teraktni kim amalga oşirganini bilamiz, bizni uning buyurtmaçisi qiziqtiradi”, degan Putin.

Uning aytişiça, Qöşma Ştatlar turli kanallar orqali öz ittifoqçilarini va dunyoning boşqa davlatlarini Moskvadagi teraktda Kiyevning qöli yöqligiga işontirişga urinmoqda. U, şuningdek, razvedka xizmatlari javob berişi kerak bölgan bir neçta savollarni sanab ötdi:

“Radikal islomçilar haqiqatan ham Rossiyaga zarba berişdan manfaatdormi? Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyida ular qanday qilib terakt uyuştirişdi?”

Rossiya muxolifatining Latviyada joylaşgan “Meduza” axborot saytining davlat ommaviy axborot vositalari xodimlariga tayanib xabar berişiça, Rossiya axborot agentliklariga hujumlarda Ukrainaning ehtimoliy aloqadorligini taʼkidlaş buyurilgan.

“Aslida Rossiya elitasi va Putinga yaqin köriladigan şaxslarning özi ham Ukrainaning “Krokus Siti Holl” kontsert zalidagi teraktga aloqadorligi haqida heç qanday dalil yöq, deb hisoblaydi. Rossiya siyosiy va biznes elitasining deyarli heç biri hujum ortida Ukraina turganiga işonmaydi”, deb yozdi “Bloomberg” naşri Kremlga yaqin manbalariga tayanib.

“Bloomberg” suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Putin qatnaşgan uçraşuvlarda rasmiylar teraktning Ukraina bilan aloqasi yöq degan fikrga kelgan. Biroq Rossiya Prezidenti hali ham “fojiadan foydalanib, rossiyaliklarni Ukraina bilan uruşga jalb etiş niyatida”.

Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovning taʼkidlaşiça, teraktda Ukrainaning qöli borligi haqidagi maʼlumotni qidirişga kirişgan:

“Biz qölga olgan jinoyatçilardan olingan birlamçi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi. Şuning uçun biz Ukraina tomonining iştirok etgani haqiqat yoki yöqligini isbotlovçi maʼlumotni köproq qidiramiz. Har holda, hozirça aynan şunday deyişga asos bor”, deydi Bortnikov.

Öz navbatida, Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev jurnalistlarning “IŞID yoki Ukraina?” savoliga “Albatta, Ukraina” deb javob bergan.

Ukraina Krokusdagi teraktga aloqadorligini rad etadi. Prezident Vladimir Zelenskiy Putinning taxminlari haqida gapirar ekan, Rossiya yetakçisini “kasal va beadab maxluq” deb atadi:
“Uning özidan boşqa hamma odam terrorçi, garçi u yigirma yildan buyon terror bilan oziqlanayotgan bölsa ham. U va uning maxsus xizmatlari terror uçun katta namunadir”, deydi Ukraina rahbari.


Migrantlar muammosi

Rossiya maxsus kuçlari Krokusdagi teraktda gumonlangan 4 nafar Tojikiston fuqarosini hibsga oldi. Şuningdek, 2 nafar ayblanuvçi qölga oliş çoğida vafot etgan. Ularning barçasi kaltaklangan, bir nafari sudga nogironlar aravaçasida olib kelindi. Baʼzi siyosatçilarning fikriga köra, teraktni tojikistonliklar qöli bilan uyuştirilişida ham maʼno bor.

 

Gap şundaki, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 2022 yil 14 oktyabr kuni Ostanada ötkazilgan “Markaziy Osiyo-Rossiya” sammitida Rossiya Prezidentidan Markaziy Osiyo respublikalariga SSSR vaqtida bölganidek muomala qilmaslikni söragan edi.

“Ha, biz kiçik xalqlarmiz. Biz 100−200 mln emasmiz. Biroq biz sevadigan tariximiz bor. Bizni hurmat qilişlarini istaymiz. Biz tilançi emasmiz. Bizning davlatimiz boy... Biz har doim asosiy strategik hamkorimiz manfaatlarini hurmat qilganmiz va hurmat qilamiz. Biroq biz ham hurmat qilişlarini xohlaymiz… Nima, biz qandaydir begonamizmi? U yerda (Rossiyada) ular şunçaki pul topişmayapti, balki işlaşyapti ham. Vladimir Vladimiroviç, bizning sizdan iltimosimiz şuki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan Sovet Ittifoqi davrida bölgani kabi siyosat yuritilmasin. Har bir davlatning öz muammosi, har bir davlatning öz masalalari, har bir davlatning öziga xos anʼana va odatlari bor. Oltin örtalikni topiş kerak, har bir respublika bilan alohida işlaş kerak”, degan edi Imomali Rahmon.

Terakt sodir etilganidan unça köp vaqt ötmay, jinoyatda gumonlanuvçi tojikistonliklar qölga olinganda Prezident Rahmon Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, unga hamdardlik bildirdi va terrorçilarning millati bölmasligini aytdi.

Qölga olingan tojikistonliklarning suratlari va tasvirlari eʼlon qilingaç, jamoatçilikning kattagina qismi teraktni ular uyuştirganiga işonmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan minglab izohlarda bu orqali tojikistonliklarga tuhmat qilinayotgani aytilyapti.

Jurnalist Şuhrat Barlos ham Facebook sahifasida “terroristlar”ning suratini joylar ekan, ularning aybdorligiga işonmasligini bildirgan.
“Törtta beçora tojikni urib, qiynab, quloğini kesib, öziga yediriş usuli bilan jinoyatni “özim qildim” deb tan oldiriş, aslida, unçalik qiyin iş emas. Muhimi, kuç işlatar tizimdagilar uçun “bu jinoiy iş oçildi” degan raport kerak. Bu şuning uçun işlatilgan postanovka ekani, aqli va huşi joyida odamga körinib turibdi”, deb yozadi jurnalist.

Maʼlumotlarga köra, bugungi kunda 2 milliondan ortiq Tojikiston fuqarosi Rossiyada mehnat qiladi. Migrantlar muammosi esa “kremlçilar” uçun doimo boşoğriq bölib kelgan. Rossiyalik deputatlar, amaldorlar, umuman olganda, elita qatlami neça yildirki markaziy osiyolik işçilardan yozğirib keladi.

Endi Kreml migrantlarga qarşi bemalol reydlar ötkazişi, ularni qamaşi va Rossiya fuqaroligini olmoqçi bölgan muhojirlarni “öz ixtiyori bilan” uruşga yuborişi mumkin. Moskva migrantlarga viza rejimi joriy etişni rejalaştirmoqda. Bir neça yil avval xuddi şu taklifni bildirgan Navalniy “millatçi”ga çiqarilgan edi, endi esa viza rejimini joriy etiş uçun ularda “yetarliça asos” bor.

Bundan taşqari, Rossiyaning Novgorod viloyatida patent asosida işlaydigan çet elliklar spirtli içimliklar sotişi, avtobus va taksi haydovçisi sifatida işlaşi taqiqlandi. Iş beruvçilar uşbu toifadagi xodimlarni 26 iyungaça işdan böşatişlari kerak. Ilgari migrantlarga sanoatning ayrim tarmoqlarida işlaşini taqiqlaş Çelyabinsk, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen va Kaluga viloyatlarida, şuningdek, Xanti-Mansi avtonom okrugi – Yugra va Yakutiyada joriy qilingan edi.

Soxta saylov mavzusini yopiş

Rossiyada 15-17 mart kunlari prezidentlik saylovlari bölib ötdi va unda Putin 87 foizdan ortiq ovoz töplab, ğolib böldi. Bu uning beşinçi marta prezident etib saylanişidir. U mamlakatni 25 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Sönggi yillarda uning siyosatiga nisbatan norozi kayfiyatdagi odamlar safi ham kengayyapti. Ayniqsa, uruşda talafot körgan, yaqinlarini yöqotganlar soni ortar, muxolifatçi kuçlar odamlarni köproq öz ğoyalariga ergaştirar ekan, jamoatçilikni manipulyatsiya qiliş uçun şunga öxşaş voqealar kerak bölib qoladi.

Aleksey Navalniy Rossiya şimolidagi qamoqxonalardan birida şubhali tarzda vafot etgaç, uning rafiqasi Yuliya Navalnaya turmuş örtoğining işlarini davom ettirişini aytib, Rossiya xalqiga murojaat qilgan edi:

“…Biz har bir imkoniyatdan foydalanişimiz, uruşga, korruptsiyaga, nohaqlikka qarşi kuraşişimiz kerak. Vatanimizni özimizga qaytib berişlari uçun kuraşişimiz lozim... Kuraşing va taslim bölmang. Men qörqmayman, siz ham qörqmang”, degan edi u.

U, şuningdek, Yevropa Ittifoqi kengaşiga yöllagan murojaatida Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini tan olmaslikka çaqirdi. Navalnayaning aytişiça, asosiy siyosiy raqibini öldirgan Prezident qonuniy bölişi mumkin emas.

AQŞ, bir neçta Ğarb mamlakatlari, Yaponiya Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlarida Rossiya uyuştirgan soxta saylovlar natijalarini heç qaçon tan olmasligini aytdi. Baʼzi versiyalarga köra, Krokus terakti saylov natijalaridan norozilik mitinglari kuçayib ketmasligi uçun omma eʼtiborini çalğitişga xizmat qiladi.

 

Putinning obrösini oşiriş

1999 yilning sentyabrida, Putin hali ham boş vazir bölgan paytda Rossiyaning köplab şaharlarida qator turarjoy binolarida portlaşlar sodir etildi. Unda 307 nafar odam halok böldi. Moskva aybni çeçen bölginçilariga yuklagan bölsa-da, baʼzilar buni Rossiya xavfsizlik amaldorlari tomonidan uyuştirilgan "soxta bayroq" operatsiyasi deb taxmin qiladi.

Britaniya suriştiruviga köra, hujumlar uyuştirilgani va Ryazan “FXX fiaskosi” bölganini daʼvo qilib kitob yozgan sobiq KGB zobiti Aleksandr Litvinenko keyinçalik Londonda FXXning ikki sobiq agenti tomonidan öldirilgan.

1999 yil sentyabr oyida Moskvadan 200 kilometr uzoqlikda joylaşgan Ryazan şahrida sodir bölgan voqea, ayniqsa, şubhali edi. Köp qavatli uyda yaşovçi insonlar özlari tanimagan odamlarning Moskva davlat raqamida bölgan maşinada kelganini va yertölasiga sumka qöyib ketganini payqab qolgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari sumkalarda kukunli modda va taymer borligini aniqlagan.

OAV xabarlariga köra, sumkalarda boşqa portlaşlarda işlatilgani singari geksogen bölgan. Köpçilik buni Rossiya xavfsizlik xizmati portlaşlar ortida turgani va yana bir portlaş uyuştirmoqçi bölganining isboti sifatida qabul qilgan.

Öşa paytdagi FXX boşliği, hozirda Putinning xavfsizlik böyiça boş maslahatçisi Nikolay Patruşev bu ayblovlarni rad etadi: 

“Bu maşğulot edi. Şakar bor edi, portlovçi modda yöq edi. Bunday maşqlar Ryazandan taşqarida ham ötkaziladi”, deydi u.

Qanday qilib Putin bundan öz manfaati uçun foydalandi? 1999 yildagi portlaşlar öşa paytdagi Rossiya boş vaziri Putinni hokimiyat çöqqisiga olib çiqdi. U çeçen isyonçilarini ayblagaç, Moskva 14 sentyabrdan boşlab Çeçenistonni öqqa tutdi va mintaqa bilan ikkinçi qonli uruş boşlandi. "Ularni uyida yöq qilişga" vaʼda bergan Putin özini kuçli lider sifatida körsatdi. Çeçeniston operatsiyasi uning maşhurligini sezilarli darajada oşirdi va 2000 yil 26 martda Prezident etib saylanişiga olib keldi.

Hujumga uçraganlardan biri olgan videotasvirni tahlil qilgan mustaqil media taşkilotlari kontsert zalida bir xilda kök jemper va jinsi şim kiygan, rusiyzabon, “osiyolik” emas, balki slavyan qiyofadagi erkaklarni payqab qoldi va ularni FXX xodimlari deb taxmin qilmoqda. 

Fevral oyidagi intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlsonning “Şimoliy oqim”ni kim portlatgani haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin kim bundan manfaatdor va kimning Boltiq dengizi tubida portlaşni taşkil qiliş uçun texnik imkoniyatlari borligini körib çiqiş kerakligini taʼkidlagan edi. Agar Putinning nazariyasidan kelib çiqsak, Moskvadagi teraktda ham kimning köproq texnik imkoniyatlarga ega ekani va kim bundan manfaatdorroqligini körib çiqiş kifoya.


×