“Qonli yanvar” voqealari: Qozoğistonda MXQ raisining sobiq örinbosari qamaldi

“Qonli yanvar” voqealari: Qozoğistonda MXQ raisining sobiq örinbosari qamaldi

Qozoğistonda Milliy xavfsizlik qömitasi raisining sobiq örinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Milliy xavfsizlik qömitasi matbuot xizmati maʼlum qilgan.

“Qozoğiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq raisi K.Masimov, Milliy xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari A.Sadiqulov, D. Yergojin va boşqalarga nisbatan hokimiyatni majburan tortib oliş, davlatga xiyonat qiliş va öz vakolatini suiisteʼmol qiliş faktlari böyiça sudgaça tergov davom ettirilmoqda”, deyilgan xabarda. 

Maʼlum qilinişiça, 23 fevral kuni sudning sanktsiyasi bilan Marat Osipovga nisbatan ehtiyot çorasi qöllanilgan — qamoqqa oliş. 

Qayd etilişiça, tergov manfaati uçun boşqa maʼlumotlar oşkor etilmaydi. 

Maʼlumot örnida, Marat Osipov 2016 yilning yanvaridan 2022 yilning yanvarigaça Milliy xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlagan.

×