Rossiya razvedka xizmatlari "Krokus Siti Holl" kontsert zalida sodir böladigan terakt haqida oldindan bilgan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanov maʼlum qildi.
“15 fevralda Rossiya tayyorgarlik haqida bilgan. Bu maʼlumotlar guruhning Suriyadagi razvedka bölimi orqali ötgan. U yerdan Moskvaga yetgan. Ular ğalati tarzda hammasi kutilmaganda sodir böldi deb ertak aytişmasin”, deydi Budanov Strategik kommunikatsiyalar böyiça uçinçi xalqaro forumdagi çiqişida.
Boş razvedka boşqarmasi rahbarining sözlariga köra, Kreml hujumçilar qayerdaligi va Rossiyaga qaysi ikki davlat orqali yetib borişini bilgan.
“Nega ular bunga ruxsat berişganiga bir neçta variant bor. Birinçisi, ularning odati böyiça, hozirda bir neçta amaldorlarni olib taşlaş uçun “tösiqlar” örtasidagi kuraş. Yana bir ehtimol, ular sodir böladigan voqealar kölamini yetarliça baholamagan. Ular bu köproq mahalliy böladi, deb öylaşdi va hamma narsada Ukrainani ayblamoqçi bölişdi”, deydi Budanov.
Kreml teraktda qidirayotgan “Ukraina izi” haqida gapirar ekan, Budanov Rossiya rasmiylari “Krokus”da sodir bölgan voqealar versiyalarini allaqaçon uç marta özgartirganini taʼkidlagan.
“Bu bemaʼnilik. Aytgança, agar biz bu oğriqli masalaga töxtaladigan bölsak, garçi bu duşman bölsa ham, men tinç aholiga qarşi terrorçilik harakatlarini maʼqullamayman”, deydi Boş razvedka boşqarmasi rahbari.
Eslatib ötamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov joriy yilning 22 mart kuni Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl" kontsert zalida yuz bergan qurolli hujumda Ukrainani ayblab çiqqandi.









