Dubay hukumati butunlay raqamli texnologiyalarga ötib, dunyodagi birinçi qoğozsiz mahkamaga aylandi. Bu haqda Amirlikning valiahd şahzodasi, Dubay Ijroiya kengaşi raisi şayx Hamdan bin Muhammad bin Raşid Al Maktum maʼlum qildi, deya xabar beradi Amirlik axborot agentligi WAM şanba kuni.
«Bugun Dubayda hayotning barça jabhalarini raqamlaştirişning yangi bosqiçi boşlandi – biz qoğozsiz hukumatga ötişni butunlay yakunladik», – dedi u.
Bundan buyon barça davlat operatsiyalari va aholiga xizmatlar faqat elektron texnologiyalar orqali amalga oşiriladi.
Valiahd şahzoda qoğozsiz hukumat taşabbusi Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti va Boş vaziri, Dubay hukmdori şayx Muhammad bin Raşid Al Maktum tomonidan tört yil avval boşlanganini yodga soldi. Öşanda u 2021 yildan boşlab amirlik ijroiya hokimiyati xodimlari ham, davlat xizmatlari isteʼmolçilari ham heç qanday hujjatni çop etişga ehtiyoj qolmasligiga vaʼda bergandi.
«Bugun bu vaʼda amalga oşdi», – dedi Hamdan bin Muhammad bin Raşid Al Maktum.
Endilikda amirlikning barça davlat organlarida hamma içki va taşqi hujjat aylanişi faqat elektron şaklda maxsus axborot platformalari orqali amalga oşiriladi.
Amirliklar maʼlumotlariga köra, uşbu xizmatlar orqali 1,8 mingdan ortiq raqamli xizmatlar körsatilmoqda, 10,5 mingdan ortiq tranzaktsiya amalga oşirilmoqda.
Hisob-kitoblarga köra, Dubayda elektron hukumatga ötiş va hujjat aylanişini raqamlaştiriş 2018 yilda qoğozsiz strategiya boşlanganidan buyon butun amirlik böylab 336 million qoğoz varaqlari tejalgan. Bu 14 million soatlik inson mehnati va 1,3 milliard dirham (çamasi 353,8 million dollar) pulga teng.
Qoğoz texnologiyasidan voz keçiş istisnosiz barça sanoat tarmoqlariga taʼsir qildi: uy-joy kommunal xöjaligi, politsiya, munitsipalitet, sudlar, soğliqni saqlaş, diniy, madaniy va sport muassasalari, aeroportlar, şuningdek, köplab savdo va tijorat tuzilmalari mazkur taşabbusga qöşildi.









