Bemorga dunyoda birinçi bölib 3D-printerda bosilgan sunʼiy köz örnatildi

Bemorga dunyoda birinçi bölib 3D-printerda bosilgan sunʼiy köz örnatildi

Britaniyalik oftalmologlar dunyoda birinçi bölib 3D-printerda bosilgan köz protezini örnatiş böyiça jarrohlik amaliyotini ötkazişdi.

Daily Mail naşrining yozişiça, sunʼiy köz 20 yil avval çap közini yöqotgan va öşandan beri köz protezidan foydalanib kelgan Stiv Verze ismli bemorga örnatilgan. U har 5 yil protezni almaştirib turişiga töğri kelgan.

Taʼkidlanişiça, yangi protez uzoqroq muddatga yaroqli bölib, uning yaratilişi va örnatilişi kamroq vaqt talab etadi.

Bemorning aytişiça, yangi “köz” avvalgilariga nisbatan haqiqiy közga yaqinroq bölib, unga öziga işonç qaytişida yordam beradi.

Jarrohlik amaliyoti Britaniya milliy soğliqni saqlaş tizimi tomonidan moliyalaştiriluvçi tadqiqot doirasida ötkazilgan.

Taʼkidlanişiça, hozirda közini yöqotgan britaniyaliklarning aksariyati köz protezi örnatiş uçun jarrohlik amaliyotidan keyin 4-5 oy vaqt kutişlariga töğri keladi. Yana 6 hafta protezni tayyorlaş va örnatiş uçun ketadi.

Yangi metodika esa bu davrni 3 haftagaça qisqartiriş imkonini beradi va protezning haqiqiy közga öxşaşligini kafolatlaydi.

Maʼlum qilinişiça, köz protezining 3D-printerda bosilişi 2,5 soat vaqt oladi.

×