Özbekistonda farzand tuğilganda uning nomiga tamğalangan daraxt köçatlari ekiladi

Özbekistonda farzand tuğilganda uning nomiga tamğalangan daraxt köçatlari ekiladi

Özbekistonda farzand tuğilganlik haqidagi guvohnoma olişda daraxt ekiş uçun buyurtma beriş uning nomiga tamğalangan holda daraxt köçatlarini ekib, “Yangi avlod boğlari”ni barpo qiliş rejalaştirilmoqda. Bu közda tutilgan hukumat qarori loyihasi 19 martgaça jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Qaror loyihasiga köra, 2024 yil 1 iyulgaça farzand tuğilganlik haqidagi guvohnoma olişda daraxt ekiş uçun buyurtma beriş böyiça davlat xizmati va elektron platforma tölaqonli yölga qöyiladi.

Kadastr agentligi tuman (şahar) hokimliklari bilan har yili 1 noyabrga qadar hududlarda “yaşil boğlar”, “yaşil jamoat parklari” va “Yangi avlod boğlari” barpo qiliş mumkin bölgan tuman (şahar) hokimliklari balansidagi böş turgan yerlar röyxati, maydoni va manzili haqida maʼlumotlarni töplaydi, GIS elektron xaritasini tayyorlaydi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga taqdim etiş tizimi yaratiladi.

Har yili 1 dekabrga qadar har bir tuman (şahar)larda “Oçiq byudjet” axborot portali orqali ovoz beriş yöli bilan, jamoatçilik fikri asosida şakllangan “Mening boğim” loyihalari doirasida aholi taşabbusi bilan “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni barpo qiliş uçun hamda bola tuğilganida guvohnoma olişda uning nomiga tamğalangan holda daraxt köçatlarini ekiş orqali “Yangi avlod boğlari”ni barpo qilişga yer maydonlari ajratiladi.

Farzand tuğilganlik haqidagi guvohnoma olişda daraxt ekiş uçun buyurtma beriş uning nomiga tamğalangan holda daraxt köçatlarini ekib “Yangi avlod boğlari”ni barpo qiliş maqsadida tuğilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ixtiyoriy ravişda “Yaşil tölov” elektron platformasi orqali yoki boşqa turdagi onlayn elektron platformasi orqali tölovni amalga oşirgan holda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali buyurtma beriladi.

Tölovlar miqdori buyurtma beruvçilar tomonidan ixtiyoriy ravişda belgilanadi.

Buyurtma beruvçilar “Yaşil tölov” yoki boşqa turdagi onlayn elektron platformasi orqali tölangan mablağlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligida taşkil etilgan “Yaşil xayriya jamğarmasi” hisob raqamiga jamğariladi.

Qaror loyihasida qayd etilişiça, yuqoridagilarni yölga qöyiş orqali “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirlarini milliy anʼana va qadriyat darajasiga kötarişga erişiladi. Xonadonda farzand tuğilganda uning nomiga tamğalangan daraxt köçatlari ekilib, har bir tuman (şahar)larda “Yangi avlod boğlari” barpo qiliş mexanizmi yaratiladi. Şuningdek, Respublika yaşillik darajasi oşirilib, qulay ekologik muhit yaratiladi.

×