Joriy yilning 18 dekabr Namangan viloyatining Uçqörğon tumanidagi köp qavatli uyda sodir bölgan yogğin oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
18 dekabr kuni soat 02:34da Uçqörğon tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining 101 qisqa raqamiga “Döstlik” MFYnig Döstlik köçasi 106-uy 10-xonadonida yonğin sodir bölayotgani töğrisida maʼlumot kelib tuşgan.
Maʼlumotga asosan soat 02:38da Uçqörğon tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin qutqaruvçilari voqea joyga yetib borgan va soat 02:40da yonğin joyi örab olingan. Yonğin soat 03:00da bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida yaşaş uyiniing içki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-rözğor buyumlari hamda qöşnisini yaşaş uyini içki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eşigi va uyga kiriş yölak devorlari yonib zararlangan.
Yonğin öçiriş vaqtida ikkinçi qavat yölagidan 10-xonadon egasining kuygan holdagi jasadi va uyining yuviniş xonasidan esa tutunga dimiqib vafot etgan farzandining jasadi topilgan.
Yonğin öçiriş vaqtida 106-sonli köp qavatli uyda yaşovçi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voyaga yetmagan öğil va qiz bolalar Uçqörğon tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin qutqaruvçilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Hozirda sodir bölgan yonğin yuzasidan tegrovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.












