Toşkent viloyatida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida yaşil boğ taşkil etiş maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib taşlandi. Ularning örniga daraxt köçatlari ekiladi.
Toşkent viloyati hokimligi binosi atrofini örab turgan panjaralar olib taşlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qilişiça, Nurafşon şahrida istiqomat qilayotgan aholi hamda mehmonlarning mazmunli dam olişlari uçun bir qator amaliy işlar olib borilmoqda. Xususan, viloyat hokimligi binosiga yondoş hududda joylaşgan «Amfiteatr» binosini qayta taʼmirlaş hamda atrofida köngiloçar maskanlarni taşkil etiş yuzasidan amaliy işlar davom etyapti.
Şuningdek, mazkur hududda «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida yaşil boğ taşkil etiş maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib taşlanib, örniga daraxt köçatlari ekiş işlari olib boriladi.
Maʼlumot uçun, mazkur loyihaning işga tuşiş vaqti 2022 yilga möljallangan. Boğ va «Amfiteatr» binosi töliq foydalanişga topşirilgaç, 150 ta iş örni yaratiladi.
Maʼlumot uçun, şu yilning avgust oyida Zoir Mirzayev Qaşqadaryodagi mahalliy hokimliklar va davlat taşkilotlari panjara bilan örab olinganini tanqid qilgani ortidan viloyatdagi ayrim tuman hokimliklari panjaralarni olib taşlangandi.









