Ölganlar nomiga pensiya: boş inspektor va kassirning kirdikorlari foş böldi

Ölganlar nomiga pensiya: boş inspektor va kassirning kirdikorlari foş böldi

Boş prokuraturada korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça idoralararo yiğiliş bölib ötayotgani haqida xabar bergan edik.

Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev korruptsiya holatlari böyiça aniq faktlarni keltirmoqda.

Yiğilişda byudjet mablağlarining ratsional taqsimlanişi va maqsadli işlatilişi yuzasidan davlat nazoratiga masʼul moliya organlarida yuklatilgan vazifalar talab darajasida bajarilmayotgani tanqid ostiga olindi.

Moliya organlarining byudjet sarfini tölaqonli nazorat qilişiga tizimdagi korruptsiya holatlari ham tösqinlik qilmoqda.

Ötgan ikki yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korruptsiya holatlari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Masalan, Davlat moliyaviy nazorati departamentining Surxondaryo viloyati boşqarmasi boş nazoratçi-taftişçisi N. Uzun quriliş kollejida aniqlangan 265 mln. sömlik kamomadni yaşiriş evaziga kollej boş hisobçisi A.dan 2.000 dollar va 500 ming söm olganligi uçun sud hukmi bilan jazoga tortilgan.

Yoki, Ğaznaçilikning Andijon viloyati boşqarmasi mansabdor şaxslari xodimlarga iş haqi beriş vaji bilan bankdan 1 mlrd. söm ortiqça pul olişga erişib, uni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborganligi yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov ötkazilmoqda.

Vazirlik tizimidagi Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining 22 nafar xodimi pensiya uçun ajratilgan mablağlarni talon-toroj qilganligi va boşqa suiisteʼmolçiliklari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Masalan, jamğarmaning Piskent tumani bölimi boş inspektori M. «Xalq banki» kassiri H. bilan birga, 142 nafar vafot etgan fuqaro nomiga pensiya rasmiylaştirib, jami 86 mln. sömni özlaştirib yuborgan.

×