Namanganda 16 yoşli bola maşina olib qoçib, YTH ga uçradi

Namanganda 16 yoşli bola maşina olib qoçib, YTH ga uçradi

Namangan viloyatida voyaga yetmagan şaxs avtomaşinani olib qoçib, yöl trasport hodisasiga uçradi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Çortoq tumanida yaşovçi fuqaro A.O.ning Nexia-2 maşinasini soat tungi 02:30 da nomaʼlum şaxs uning xonadoni oldidan olib qoçib ketgan. Şundan söng, fuqaro tuman IIB ga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv işlar natijasida jabrlanuvçiga tegişli bölgan maşina nomaʼlum şaxs tomonidan Pop tumanidagi yöl çetidagi beton ustunga urilib, pastlikka tuşib ketgan holda topilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan şaxsga dastlab birinçi tez-tibbiy yordam körsatilib, şaxsiga oydinlik kiritilgan. U muqaddam sudlangan Çortoq tumanida yaşovçi voyaga yetmagan 16 yoşli M.A. ekani aniqlangan.

Uşbu holat yuzasidan Çortoq tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Haydovçiga jiddiy şikast yetmagani sababli, unga nisbatan "qamoqqa oliş" tarzdagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.


×