1 oktyabrdan musiqa va sanʼat maktablari öqituvçilarining oyligi oşirildi

1 oktyabrdan musiqa va sanʼat maktablari öqituvçilarining oyligi oşirildi

Özbekiston Respublikasi prezidenti «Bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar, öqituvçi va kontsertmeysterlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzAda eʼlon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2019 yil 1 oktyabrdan:

  • direktor va direktor örinbosarlari uçun – 1,5 baravarga;
  • öqituvçilar va kontsertmeysterlar uçun – 1,25 baravarga oşiriş töğrisidagi takliflari maʼqullandi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş uçun talab etiladigan zarur mablağlarni 2019 yil uçun ajratadi hamda 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutadi. 

×