“Tolibon” avtomobilda musiqa yoqişni taqiqladi

“Tolibon” avtomobilda musiqa yoqişni taqiqladi

Afğonistonda hokimiyatni egallagan toliblar avtomobillarda musiqa yoqişni va hijobsiz ayollarni maşinaga ötqazişni taqiqladi. Bu haqda “Kabul News” xabar bergan.

“Islom diniga yönaltiriş vazirligi naşrga haydovçilarga musiqa yoqmaslik va hijobsiz ayollarni maşinaga ötqazmaslik haqida yozma tavsiya berilganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, mamlakatdagi mehmonxonalardan birining egasi toliblar Afğonistondagi töylarda jonli musiqani taqiqlaganini, endi erkaklar va ayollar turli zallarda bayram qilişlari kerakligini aytgan edi.

Maʼlumot uçun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga böysunmay turgan yagona viloyat – Panjşer egallangaç, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni şakllantirdi.

Qayd etiş kerakki, toliblar Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, minglab afğonlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afğonistonda tarafdorlari köpligiga şubha yöq, biroq ular hokimiyatga kelgaç köplab qiyinçiliklarga uçramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yöqotişlar katta.

×