Ayrim mahalla xodimlarining oyligi oşiriladi

Ayrim mahalla xodimlarining oyligi oşiriladi

Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bölgan mahalla xodimlarining oylik maoşlari oşiriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Aytilişiça, “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident farmoni qabul qilingan.

Unga köra, 2021 yil 1 noyabrdan:

  • hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bölgan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining oylik lavozim maoşlari 35 foizga oşiriladi;
  • fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş, ularga buxgalteriya xizmatini körsatiş vazifasi tuman (şahar) hokimliklaridan tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlariga ötkaziladi;
  • tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.
×