3 avgustdan Özbekistonda haydovçilar uçun yangi jarima turi kuçga kiradi

3 avgustdan Özbekistonda haydovçilar uçun yangi jarima turi kuçga kiradi

Joriy yilning 2 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunni imzoladi.

Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 135-moddasiga (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Özgartirişlarga köra, agar yuridik şaxslarning yölovçi yoki yuk taşiş faoliyatini amalga oşiruvçi transport vositalari haydovçilari öz yonida malaka oşirişdan ötganligi töğrisidagi sertifikatga ega bölmasa, unda ular eng kam iş haqining bir baravari (223 000 söm) miqdorida jarima tölaydilar.

Avvalroq, 2019 yilning 1 avgustidan boşlab byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oşirilişi xabar qilingandi. Özbekiston Respublikasi hududida eng kam iş haqi oyiga 223 000 sömni taşkil etadi.

Bundan taşqari, 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam iş haqi miqdori örniga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori, bazaviy hisoblaş miqdori va pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori kiritilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq tölaş, pensiyalar va boşqa tölovlar miqdorlarini aniqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi PF–5723-son farmoni 1-bandida:

- ikkinçi xatboşidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almaştirildi;
- uçinçi xatboşidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almaştirildi;
- törtinçi xatboşidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almaştirildi.

Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM) lavozim maoşi, ustama, qöşimça pul, gonorarlar, qöşimça iş uçun kompensatsiya tölovlari, oziq-ovqat, yöl va rağbatlantiruvçi boşqa turdagi tölovlar, iş haqini hisoblaşda qöllaniladigan çegara miqdor, qonunçilik bilan belgilangan çegirib qoliş hamda iş haqi miqdoriga boğliq bölgan boşqa tölovlar aniqlaş maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qöllaniladi.

MHEKM egalik şakli va mehnat munosabatlaridan qatʼi nazar, belgilangan mehnat normalarini töliq bajargan işçilar mehnatiga haq tölaşning past çegarasi sifatida barça iş beruvçilar uçun majburiy böladi.

Eslatib ötamiz, hukumatning 2017 yil sentyabrdagi qarori bilan Adliya vazirligiga 2018 yil 1 iyuldan boşlab Avtotest Report MÇJ sertifikatiga ega bölmagan, yuridik şaxslarga tegişli transport vositalarini boşqargan haydovçilar uçun maʼmuriy javobgarlik joriy etiş böyiça takliflar kiritiş vazifasi yuklatilgan.

×