“Sönggi ogohlantiriş”. Prezident rahbarlarga 2 hafta muhlat berdi

“Sönggi ogohlantiriş”. Prezident rahbarlarga 2 hafta muhlat berdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev hukumatdagi masʼullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida eʼtibor bermagani uçun islohotlar ijrosi çözilib ketayotgani tanqid qildi. Bu haqda u bugun, 16 iyun kuni amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda işlarning borişi, aholini öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş yuzasidan ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida söz oçdi. 

Masalan, suyultirilgan gaz yetkazişda 60-70 kunlab uziliş kuzatilmoqda. Ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70 foizi şu masala bilan boğliq.

“Issiq kunlarda gazda şunça muammo bölsa, qişda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga sönggi ogohlantiriş: bu masalaga ikki haftada yeçim topsin, bölmasa özi bilib joyini böşatib qöysin”, dedi Prezident.

Yana bir masala – yozning boşlanişi nisbatan salqin keldi. Lekin buyoğiga kunlar ança isib, elektr isteʼmoli oşadi. Ikki oy oldin Energiya samaradorlik agentligi taşkil qilinib, byudjetdan 100 milliard söm berildi.

Energetika vazirligi va agentlikka vazirlik, hokimlik va davlat korxonalarining oylik isteʼmoli 500 kilovatt soatdan yuqori bölgan xodimlari röyxatini şakllantiradi. Uşbu xodimlarga energiya samarador texnologiyalarga ötiş uçun “yaşil taʼmir” krediti yoki subsidiya olişga kömaklaşiladi. Kerak bölsa, byudjetdan taşqari jamğarmasidan ssuda berilişi mumkin.

Buning hisobidan yil yakunigaça isteʼmoli yuqori bölgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga ötişi zarurligi körsatib ötildi.


×