Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatini kuçaytirmoqçi

Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatini kuçaytirmoqçi

Mamlakatda dunyodagi eng yirik harbiy zavodlardan birini quriş rejalaştirilgan.

Saudiya Arabistoni uçuvçisiz qurilmalar işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Bu haqda "TASS" xabar berdi. 

Saudiya harbiy-sanoat kompaniyasi (SAMI) rahbari Valid Abu Xolidning maʼlum qilişiça, uşbu texnika 100 foiz Saudiya Arabistonida işlab çiqariladi va qurolli kuçlarga yetkazib beriladi. "Biz dronlar bilan şuğullanadigan köplab xorij kompaniyalari bilan hamkorlik qilyapmiz. Ular bizga şaxsiy qurilmalarni işlab çiqişda yordam bermoqda. Şu bilan birga, hozirda dunyoda öq-dori işlab çiqaruvçi eng yirik zavod quriş ustida işlayapmiz", — degan u Ar-Riyod xalqaro mudofaa sanoati mahsulotlari körgazmasida.

Abu Xolid 2030 yilga kelib qirollik 50 foiz harbiy xarajatlari mamlakat içidagi kompaniya mahsulotlari uçun sarflanişini qöşimça qilgan.

×