Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalari tegişli tartibda boşqa oliy taʼlim taşkilotiga köçiriladi.
Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023 yil 16-31 may kunlari respublikamizdagi 71 ta nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari faoliyati örganildi. Örganişlar natijasida Namangan viloyatidagi «NAMXU OTM» MÇJ nodavlat oliy taʼlim taşkiloti – Namangan xalqaro universitetida oliy taʼlim xizmatlarini litsenziyalaş talablari va şartlariga rioya etişda qator qöpol qoidabuzarliklar qayd etildi.
“NAMXU OTM” MÇJ va vazirlik örtasida iş iqtisodiy sudning 3 ta va maʼmuriy sudlarning 3 ta, jami 6 ta instantsiyasida körib çiqilgan.
Şuningdek, “Valley innovative university” nodavlat oliy taʼlim muassasasini tekşiriş jarayonida bir qator litsenziya talab va şartlari qöpol ravişda buzilgani aniqlangan.
Litsenziyasi bekor qilingan oliy taʼlim muassasalarining talabalarini boşqa oliy taʼlim taşkilotiga köçiriş uçun masʼuliyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasida bölib, talabalar özlari istagan oliy taʼlim taşkilotiga tegişli tartibda köçiriladi.
Xususan, Namangan xalqaro universitetining HEMIS axborot tizimiga kiritilgan 5876 nafar talabasidan öqişga köçiriş böyiça ariza oliş jarayoni 16 fevraldan boşlandi. 19 fevral holatiga 5148 nafar talabadan arizalar olindi.









