“Qöyliq” dehqon bozori boşqa joyga köçiriladi

“Qöyliq” dehqon bozori boşqa joyga köçiriladi

Toşkentning Bektemir tumanidagi “Qöyliq” dehqon bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydonlari boşqa joyga köçiriladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, bu Toşkent halqa yölining kengaytirilişi va köprik qurilişi rejalaştirilgani bilan boğliq.

Poytaxtdagi yöl infratuzilmasini yaxşilaş, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillaştiriş va tirbandliklarning oldini oliş maqsadida şunday qarorga kelingan.

Hokimlik savdo majmuasi qayerga köçirilişi haqida aniq maʼlumot bermagan.

×