Afğoniston hukumatining “Tolibon” bilan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi — OAV

Afğoniston hukumatining “Tolibon” bilan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi — OAV

Avvalroq Qatar poytaxti Dohada Afğoniston hukumatining yuqori martabali delegatsiyasi va “Tolibon” harakati vakillari örtasida muzokaralarning navbatdagi raundi boşlangani haqida xabar bergan edik.

“Al-Jazeera” telekanali maʼlumotiga köra, muzokaralarning birinçi kuni muvaffaqiyatsiz yakunlangan va aniq natijaga erişilmagan.

Taʼkidlanişiça, uşbu uçraşuv natijasida muammoga aniq yeçim topilişiga umid katta emas, ammo bunga intiliş bor. Har ikki tomon ham masalaning muzokaralar yöli bilan hal etilişi tarafdori ekanini bildiryapti. Biroq toliblarning amaldagi hukumatga qarşi muvaffaqiyatli yurişi fonida mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat buning aksini körsatmoqda.

“Ikki tomon ham muloqotni oldinga siljiş uçun yagona yöl, deb biladi va Afğonistonda tinçlikka faqat muzokaralar stolida erişiş mumkin, deb hisoblaşadi, ammo joylardagi harakatlar umuman boşqa tilda gapiradi”, deyiladi xabarda.

Telekanal muxbirining sözlariga köra, muzokaralarda heç qanday rivojlaniş yöq. Hukumat tomoni har qanday real muloqotni boşlaşdan oldin öt oçişni töxtatiş zarurligini taʼkidlamoqda, “Tolibon” esa ularning qatʼiy qonun qoidalari mamlakat böylab joriy qilinişi, hukumat esa barça tomonlarni öz içiga olişini istamoqda.

Maʼlumot uçun, Afğonlararo muzokaralar 2020 yil sentyabr oyida boşlangan va aniq natijalarsiz uzoq tanaffuslar bilan davom etgan. Bu safargi muzokaralar OAV xabarlariga köra, yakşanba kuni davom ettiriladi.

Faollaşgan “Tolibon” va Afğonistondagi keskinlik

Afğonistondagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat joriy yilning aprelida AQŞ Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuçlarining operatsiyasi yakuniga yetganini eʼlon qilganidan söng, ança yomonlaşdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga köra, Qöşma Ştatlar öz qöşinlarining 95 foizidan köproğini Afğonistondan olib çiqib ketib böldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanişi kutilmoqda. Ştatlar kabi NATOning boşqa aʼzolari ham Afğonistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Avstraliya va Germaniya kuçlari, allaqaçon, mamlakatdan çiqib ketgan.

Xorijiy qöşinlarning Afğonistonni tark etişi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni örnatiş maqsadida hujumlarni kuçaytirmoqda. Toliblarning taʼkidlaşiça, ular ayni paytda Afğonistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan taşqari, harakat kuçlari bir qator qöşni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan çegarada joylaşgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Şunday bölsa-da, harakat vakillari Afğonistondan taşqariga çiqmasliklarini va qöşni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta taʼkidlamoqda. Sunnatilla Abdullayev

×