AQŞ Prezidenti maʼmuriyati Isroil blokada ostida qolgan Ğazo sektori şimolidagi tinç aholining çiqib ketişi uçun hujumlarni kuniga tört soatga töxtatişga rozi bölganini bildirdi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi maʼlum qildi.
Uning aytişiça, Isroil har 4 soatlik tanaffusni öqqa tutiş töxtatilişidan 3 soat oldin eʼlon qiladi.
“Uşbu pauzalar, ayniqsa tinç aholining janglardan uzoqroqda xavfsizroq hududlarga yetib borişiga yordam beriş nuqtai nazaridan, töğri yönalişdagi qadamdir. Bu tanaffuslar insonparvarlik yordamining muhtoj hududlarga yetib borişiga va falastinliklarning hududni zararsiz tark etişiga imkon beradi”, deydi Kirbi.
Şuningdek, Kirbi Isroil bugun boşlanişi rejalaştirilgan 4 soatlik tanaffusda bu hududlarda heç qanday harbiy amaliyot ötkazmasligini maʼlum qilganini aytgan.
Eslatib ötamiz, oldinrov Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu uning mamlakati Ğazoda garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, anklavda öt oçişni töxtatişga rozi bölmasligini aytgandi.









