XXRning yetakçi epidemiologi Çjun Nanşanning taʼkidlaşiça, agar dunyo miqyosida koronavirus bilan boğliq yuqumli epidemiologik vaziyat hozirgi surʼatda davom etsa, koronavirusning “siniş”iga kamida yana ikki hafta vaqt qolgan.
"Agar dunyodagi pandemiyasi qaçon tugaşini başorat qilişimni xohlasangiz, bu menga Xitoydagi vaziyatdan köra qiyinroq. Nega? Çunki boşqa mamlakatlarda kutilmagan omillar köp. Ammo vaziyat hozirgi körinişda davom etadigan bölsa, men yana ikki hafta şunday davom etişidan qörqaman", dedi Çjun Nanşan "Jenmin jibao" gazetasiga bergan intervyusida.
Mutaxassisning tuşuntirişiça, 1918 yildagi pandemiya paytida yuz bergan voqeadan farqli ölaroq, hozirda hukumat çoralari juda muhim rol öynaydi, agar çoralar qattiq bölsa, epidemiya kamayadi.
«Masalan, Italiyaning şimoli koronavirus eng qattiq zarba bergan hudud, lekin ularda juda qattiq çoralar mavjud, odamlar ijtimoiy masofaga rioya qilişmoqda, niqob taqişmoqda, bir neçta kiçik şaharlar va qişloqlarda esa deyarli heç qanday infektsiya holati yöq, bitta mamlakat içida şunday katta farq borligi bois hozir başorat qiliş juda qiyin», dedi u.









