Olimlar koronavirus infektsiyasini yuqtirgan insonlarning tana aʼzolari önlab yoşgaça «qarişi» mumkinligidan ogohlantirişdi, deb yozmoqda «The New York Times».
Ötkazilgan tadqiqotda koronavirusni yuqtirib omon qolgan 89 ming kişi hamda bu virusga hali yöliqmagan 1,6 million kişi qatnaşgan.
Mutaxassislarga köra, 30-40 yoşlardagi soğlom odamlarda buyrak funktsiyasini yöqotiş yiliga 1 foizni taşkil etadi. Oğir infektsiyalar esa uşbu aʼzoga kuçliroq, hatto tiklab bölmas şikast yetkazişi yoki surunkali xastaliklarga olib kelişi mumkin.
«Yangi tadqiqotlar koronavirusni boşdan ötkazib omon qolgan 4757 nafar kişida buyraklar funktsiyasi yöqotilişi yiliga 30 foizni taşkil etişini körsatdi. Bu uşbu aʼzoning 30 yilga qarişiga barobar», — dedi mazkur tadqiqot mualliflaridan biri Ziyod al-Ali.
Olimlar aniqlik kiritişlariça, kuzatuvdagi bemorlar örtaça 68 yoşli oq tanli erkaklar bölgan.
COVID-19 nega aynan buyraklarga köproq şikast yetkazadi — şifokorlarga bunisi qoronğu. Taxmin qilişlariça, bu aʼzo organizmdagi turli yalliğlaniş jarayonlariga yoki bölmasa immun tizimi faollaşuviga öta sezuvçan. Bundan taşqari, qonning ivuvçanligidagi muammolar ham buyraklar funktsiyasini buzişi mumkin, deya xulosa yasaşdi mutaxassislar.









