Özbekistonda 2023 yil öğil bolalarga eng köp Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qöyilgan. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik maʼlumotlarida keltirilişiça, ötgan yilda tuğilgan 24 365 nafar öğil bolaga Muhammadali ismi qöyilgan. Uşbu röyxatdan, şuningdek, Mustafo (22 880), Abdulloh (18 116), Muhammad (17 025), Muhammadyusuf (13 774), Muhammadamin (12 450), Nurmuhammad (9017), Muhammadjon (8843), Imronbek (8591) va Muhammadziyo (8135) ismlari ham joy olgan.
Qizlarga esa 2023 yilda eng köp Soliha ismi qöyilgan (24 365). Keyingi qatorlardan Yasmina (19 911), Muslima (15 918), Xadiça (10 759), Imona (10 310), Şukrona (9330), Sumayya (9279), Ifora (7586), Saʼdiya (6639) va Mubina (6558) ismlari mos ravişda örin olgan.
Maʼlumot örnida, 2023 yil davomida FHDYO organlari tomonidan mamlakatda 968 140 nafar bolaning tuğilişi qayd etilgan. Şundan 501 577 nafari öğil bola, 466 563 nafari qiz bolalar.









