Mutaxassislar 2023 yilning yozi öta issiq kelişidan ogohlantirmoqda

Mutaxassislar 2023 yilning yozi öta issiq kelişidan ogohlantirmoqda

Meteorologlarga 2023 yil yozi 2022 yilning yozidan köra issiqroq böladi.

Buyuk Britaniyaning Met Office ob-havo prognoz markaziga köra, 2023 yilning aprelidan boşlab, Tinç okeani markaziy qismida 3 yilça davom etgan «La-Nino» hodisasi örnini «El-Nino» hodisasi egallaşi oydinlaşmoqda.

Bunda suv massasi harorati örta hisobda 1-3 darajaga isib ketadi. Mazkur isiş şimoliy va janubiy yarim şarning tropik mintaqalarida tsiklonlarni faolliştiradi. Şimoliy yarim şarning subtropik va möʼtadil mintaqalarida anomal issiq havo tölqini va davomli qurğoqçilik xavfi oşadi.

Undan taşqari, Met Office iqlim markazi 2023 yilda örtaça yillik havo harorati iqlimiy meʼyordan 1.08 va 1.32 daraja oraliqda yuqori bölişini prognoz qilgan. Agarda, sayyorada yillik havo harorati iqlimiy meʼyordan 1.3 va undan yuqori kuzatilişi röy bersa, joriy yil harorati kuzatuvlar tarixidagi eng issiği böladi.

Özbekistonda oxirgi 8 yillikda «El-Nino» hodisasi taʼsiri ustun yillarida yoz oylari issiq ötgan. Joriy yil ham yoz oylari issiq böliş kutilmalari maksimumga yaqin. Agarda, fevral va mart oylarida toğlarda möʼjizaviy köp yoğin kuzatilmasa, suv bilan boğliq vaziyat ham mintaqada issiq va qurğoqçilikni kuçliroq ötişiga olib keladi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning ilk oyida Özbekiston hududida kuçli anomal sovuq kuzatilib, harorat - 25-30 darajagaça tuşib ketdi. Şunga yaqinroq sovuq harorat faqatgina 2008 yildagina kuzatilgandi. 


×