Dunyodagi eng şafqatsiz 10 ta qamoqxonani bilasizmi?

Dunyodagi eng şafqatsiz 10 ta qamoqxonani bilasizmi?

Deyarli har bir davlat mahbuslar huquqlarini buzmaslikka va jismoniy zöravonlik hamda ölim jazosisiz tarbiyaviy işlarni olib borişga harakat qiladi. Şaroit jihatidan baʼzi turmalarni hatto yaxşi ovqat beradigan va yaxşi taʼmirlangan dam oliş zonasi bilan taqqoslaş mumkin. Ammo dunyoda şunday dahşatli qamoqxonalar borki, ularda mahbuslarga nisbatan qiynoqlar va oğir sinovlar qöllaniladi. 

1. "Qora delfin" qamoqxonasi, Rossiya

Uşbu maxsus koloniyada Rossiyaning turli burçaklaridan kelgan eng xavfli jinoyatçilar, jumladan ganniballar, terrorçilar va pedofillar saqlanadi. Mahbuslar çiroq yoqilgan holda uxlaşadi va muntazam videokuzatuv ostida böladi. Agar baʼzi sabablarga köra, ular kameradan çiqişiga töğri kelsa, mahbuslarga maxsus örgatilgan it va qurollangan qöriqçilar hamrohlik qiladi. Kameralar 4,5 m² ölçamli va xona içi qafasni eslatadi. Xonaning içida ham panjaralar örnatilgan bölib, ular odamlarni deraza va eşiklardan ajratib turadi. Mahbuslar qamoqxonaning içki tuzilişini eslab qolmasliklari uçun har safar yölaklardan közlari boğlangan holda ötadi, bu esa ularning qamoqxonadan qoçiş ehtimolini kamaytiradi. Harakatlanayotganda mahbuslarning qöllari orqasiga boğlangan va boşlari pastga tuşirilgan – "qaldirğoç pozasi" holatida böladi. Hatto mahbuslar qöllarini orqasiga kişanlagan holda aylanib yurişadi. Şu vaqtgaça “Qora delfin”dan qoçib qutuliş heç kimga nasib qilmagan, şuning uçun bu strategiya samarali hisoblanadi.

 2. “Sante qamoqxonasi”, Frantsiya

Parijda joylaşgan uşbu qamoqxona mahbuslari uçun şafqatsiz şaroitlari bilan maşhurdir. Köplab mahbuslar “Sante”da jazo muddatini ötayotib, öz joniga qasd qilgan. Masalan, 1999 yilda bu yerda 124 mahbus suitsidga qöl urgan. Qamoqxonada zöravonlik şu qadar avj olganki, mahbuslarga kuniga tört soatgina kameradan çiqişga ruxsat beriladi.

Maʼlumot uçun, “Sante” sözining özi “salomatlik” deb tarjima qilinadi, ammo uning şaroiti mutlaqo buning teskarisi.

3. “Bangkvang” qamoqxonasi, Tailand

 Tailandning Bangkok şahrida joylaşgan uşbu axloq tuzatiş muassasasi Nikol Kidman iştirokidagi avstraliyalik “Bangkok Xilton” seriali bilan maşhur. Tailandliklarning özlari bu qamoqxonani "Katta yölbars" deb ataşadi va bu qamoqxona öz qurbonlarini yeyayotganidan dalolat beradi. Bu yerdagi mahbuslar ölimga yoki uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. “Bangkvang”da qiynoqlar doimiy qöllaniladi. 25 va undan ortiq mahbuslar 6x4 metr ölçamdagi kiçik kameralarda saqlanadi. Jinoyatçilarga kuniga bir mahal ovqat beriladi, qolganini qarindoşlari yoki döstlari bergan pulga sotib olişlari kerak. “Katta yölbars”da vabo, difteriya, bezgak va boşqa kasalliklar mahbuslarning köpligi, normal sanitariya-gigiyena şaroitlarining yöqligi, notöğri ovqatlaniş tufayli yuzaga keladi.

4. “Sabaneta” qamoqxonasi, Venesuela

Uşbu turmada atigi 700 kişiga möljallangan binoda 3700 dan ortiq mahbus saqlanadi. Şu bilan birga, qamoqxona xodimlari juda kam, har 150 mahbusga atigi 1 qöriqçi töğri keladi. U yerda sanitariya şaroitlari umuman yöq, polietilen qoplaridan hojatxona sifatida foydalaniladi, içimlik suvi parazit va bakteriyalarga töla. “La Sabaneta”da zörlaş va hatto boşni kesiş odatiy holdir. Mahkumlarning aksariyati tor koridorlarda, hattoki, qamoqxona tomidagi tor joylarda uxlaydi. Faqat pul va kuçga ega bölgan töda rahbarlari tibbiy yordam va televizorli şaxsiy kameralardan foydalanişi mumkin.

 5. “La Modelo” qamoqxonasi, Kolumbiya

Bu maşhur qamoqxonada mahbuslar qurol va hatto granatalarni osonlik bilan qölga kiritadi, şu sababdan qon tökilişi odatiy holdir. 2000 yil 27 aprelda 25 mahbusning ölimi bunga misoldir. Maʼlumotlarga köra, “La Modelo”dagi mahbuslar çap va öng oqimlarga bölingan. Şuning uçun, ular orasida har doim uruşlar kelib çiqadi. Bundan taşqari, öng qanot sektorida hatto içki qoidalarni buzgan mahkumlar uçun alohida qamoqxona mavjud.

6. “Muhanga” qamoqxonasi, Ruanda

Atigi 400 kişiga möljallangan muassasada 7000 ga yaqin mahkum joylaştirilgan. “Muhanga” qamoqxonasida saqlanayotgan köplab odamlar kun böyi tik turişdan boşqa çorasi yöq va surunkali joy yetişmasligi tufayli birga uxlaşga majbur. Şu sababdan, mahbuslar ozodlikka çiqmasdan oldin böğiliş va kasallikdan öladi. Dunyodagi eng yomon qamoqxonalar singari, “Muhanga”da ham sanitariya va gigiyena tartibi deyarli yöq. U yerdagi pollar kanalizatsiya qatlami bilan qoplanganligi sababli, köplab mahkumlarda oyoq infektsiyalari paydo böladi, oqibatda gangrena kasalligi kelib çiqadi – oyoq yoki oyoq barmoqlari kesiladi.

7. “Guantanamo” qamoqxonasi, AQŞ

U yerda qurolli jangçilar maqomiga ega mahbuslar saqlanadi va maxsus harbiy komissiya tomonidan sudlanadi. Ularning aksariyati musulmonlardir. Hibsga olinganlarning aksariyatiga rasman ayblov qöyilmagan. Mahbuslarning özlari, şuningdek, huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar körsatmasiga köra, “Guantanamo” qamoqxonasidagi mahbuslarga nisbatan turli xil qiynoqlar qöllaniladi, jumladan, uyqusizlik, uzoq vaqt davomida maksimal ovoz balandligida musiqa tinglaş, kaltaklaş, çöktiriş kabilar.

8. “ADX Florentsiya”, AQŞ

Bu qamoqxona “dözaxning yaxşiroq versiyasi” sifatida tanilgan. Qolaversa, bu epitetni jurnalistlar emas, balki qamoqxonaning sobiq rahbari öylab topgan. Qamoqxona eng xavfli jinoyatçilarni joylaştiriş uçun möljallangan bölib, ularning köpçiligi 2,1 x 3,7 m ölçamdagi kameralarda saqlanadi. Ular 23 soatini kameralarda, qolgan bir soatini esa yuriş yoki maşq qilişlari mumkin bölgan alohida xonada ötkazadi. “ADX Florence” kameralaridagi stollar, körpa-töşaklar va stullar quyma betondan qilingan. Namunaviy xulq-atvori uçun mahkumlarni televizor, radio va oyna örnatilgan kameraga ötkazişadi.

9. “Tadmor” qamoqxonasi, Suriya

Suriyaning Tadmor şahrida joylaşgan qamoqxona dunyodagi eng yomon qamoqxonalardan biri sifatida tanilgan. Bu qamoqxonadagi şafqatsizlik, qiynoqlar va ğayriinsoniy munosabat uni butun dunyoga maşhur qilgan. “Tadmor” qamoqxonasidagi eng hayratlanarli voqea 1980 yil 27 iyun kuni sodir bölgan, öşanda askarlar harbiy rahbar Rifat Asadning buyruği bilan bir vaqtning özida 500 ga yaqin mahbusni öldirgan. Bu “Musulmon birodarlar” taşkilotining Suriya prezidenti Hofiz Asadga uyuştirilgan suiqasdiga nisbatan öç oliş, deb xabar berilgan. Turmada 5 yillik qamoq jazosini ötagan suriyalik şoir Faraj Berakdar uni “ölim va jinnilik şohi” deb atadi.

10. 22-lager, Şimoliy Koreya

22-lagerda 50 mingga yaqin mahbus bor, ularning aksariyati Şimoliy Koreya hukumatini tanqid qilgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U yerdagi barça mahkumlar davlat uçun bepul işlaşlari kerak böladi. Hatto Şimoliy Koreyadagi siyosiy qamoqxona lagerlarida odamlar ustida ötkazilayotgan tajribalar haqida xabarlar tarqalgan. BMTning KXDRdagi inson huquqlari buzilişi haqidagi rasmiy hisobotlaridan birida mamlakatdagi lagerlar şaroiti Germaniyadagi natsistlarning Ikkinçi jahon uruşi davridagi jinoyatlari bilan qiyoslangan.


Manba: Qalampir.uz


×