Özbekistonliklar 2023 yilda “çiroyli” avtoraqamlar uçun qança sarfladi?

Özbekistonliklar 2023 yilda “çiroyli” avtoraqamlar uçun qança sarfladi?

Özbekistonda 2023 yilda onlayn-auktsionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotilgan. Bu haqda Respublika tovar-xomaşyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 milliard sömni taşkil etgan. Bular orasidagi eng qimmat va “çiroyli” avtoraqam yuridik şaxsga 450 million sömga sotilgan.

Auktsiondagi ikkinçi qimmat raqam esa 439,56 million sömga sotilgan. Uning xaridori ham yuridik şaxs bölgan. Eng qimmat beşlik jismoniy şaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 million, 395 million hamda 378,18 million sömlik avtomobil raqamlari bilan yakunlangan.

Qayd etilişiça, joriy yilning 29 yanvaridan 4 fevraligaça özbekistonliklar avtoraqamlar uçun auktsion orqali 18,8 mlrd söm sarflagan. 

Maʼlumot uçun, 2022 yilda onlayn auktsionda 50 777 ZZ avtomobil raqami 669,6 mln sömga sotilgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda ilk bor avtomobil raqami qariyb 600 million sömga sotilgandi. Uşbu avtoraqam 2020 yil 14 dekabr kuni savdoga çiqarilgan. Uning boşlanğiç narxi 111 500 000 sömga teng bölgan.


×