Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga yöllayotgan murojaatnomasida kelasi yilga qanday nom beriş böyiça taklifni ham ilgari surdi.
Davlat rahbari 2023 yilni "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili deb eʼlon qildi.
“Uşbu sohada boşlagan islohotlarimizni davom ettirişimiz, taʼlim dargohlariga borib, öqituvçi va murabbiylar bilan köproq muloqot qilib, sifatni oşiriş böyiça ular qöygan masalalarni birgalikda hal qilişimiz kerak.
Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz kötargan barça masalalarni aniq yeçimlari bilan kiritamiz.
Uşbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoşlar, tadbirkorlar va keng jamoatçiligimizdan faol bölişlarini, yangi-yangi taklif va taşabbuslar bildirişlarini sörayman”, deydi Şavkat Mirziyoyev.









