Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbiri davomida poytaxtimizining Uçtepa tumanidagi masjidlarning birida mutavalli bölib işlovçi, 1989 yil Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tuğilgan, örta maʼlumotga ega bölgan şaxs özining vaqtinça yaşaş manzilida joriy yilning sentyabr oyidan buyon 4 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, Samarqand viloyatida va Toşkent şahrida tuğilgan bolalarning uç nafari 6 yoşli bölib, hali ular umumtaʼlim maktabiga öqişga bormagan, törtinçisi esa Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktablarning birida 5-sinf öquvçisi hisoblanadi.
Şu örinda savol tuğiladi. Nima uçun Payariq tumanidagi maktab rahbariyati öz öquvçisining uzoq muddat darslarga kelmasligiga eʼtibor bermagan.
Bolalar mazkur şaxs ijarada turgan uyning xonalaridan birida yaşaşgan va diniy saboq olişgan. Buning uçun ularning ota-onalari har oy 900-950 ming söm miqdorida pul tölaşgan.
Taʼkidlaş lozimki, diniy taʼlimga ega ekanligi haqida heç qanday hujjati bölmagan şaxs öqitiş jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazolar qöllagan.









