“Baxti Taşkentskiy”ga yana bir ayblov qöyildi

“Baxti Taşkentskiy”ga yana bir ayblov qöyildi

Özbekistonda kriminogen vaziyatni yaxşilaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qölga olingan Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Taşkentskiy”)ga Jinoyat kodeksining yana bir bandi bilan qöşimça ayblov qöyildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga huquq-tartibot organlaridagi manbasi xabar berdi.

Maʼlumki, Baxtiyor Qudratullayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandi – juda köp miqdorda tovlamaçilik va 276-modda (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi – köp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlaş bilan gumonlanmoqda.

Manbaga köra, bugungi kunda Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandiga qöşimça ravişda, uşbu moddaning “v” bandi – uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab jinoyat sodir etganlikda ham ayblanmoqda. 

Şuningdek, 15 sutkaga qamalgan “Baxti Taşkentskiy” jazoni ötab bölgan. U tergov harakatlari davomida qamoqda saqlanişi uçun prokuror tomonidan sanktsiya qöllanilgan. 

Eslatib ötamiz, Baxtiyor Qudratullayev joriy yilning 28 noyabr kuni soat 21:45 larda Toşkent şahar, Yakkasaroy tumanidagi uyidan içki işlar xodimlari tomonidan olib ketilgandi. U jamoat joyida IIO xodimlariga nisbatan baqir-çaqir qilib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan buzgan. Şuningdek, u IIO xodimlarining IIB binosiga borib şaxsiga aniqlik kiritiş haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud hukmiga köra, Baxtiyor Qudratullayev Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangandi.

Şundan söng uning advokati sudga qaror böyiça apellyatsiya şikoyati bergan. Ammo şu yilning 9 dekabr kuni sud tomonidan apellyatsiya şikoyati körib çiqilib, rad etilgan.


Teglar:
×