“Baxti Taşkentskiy” öziga qöyilgan ayblovlarga iqror emasligini aytdi

“Baxti Taşkentskiy” öziga qöyilgan ayblovlarga iqror emasligini aytdi

“Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va u bilan birga jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan yana 36 kişiga qöyilgan ayblov yuzasidan sud işi davom etmoqda. Bu haqida Qalampir uz muxiri Alibek Beyjanov xabar berdi.

Sud tergovi davomida prokuror ayblov xulosasini öqib eşittirdi, Baxtiyor Qudratullayev esa öziga qöyilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Baxtiyor Qudratullayev boşçiligida jami 30 dan ortiq kişi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyuşma taşkil etiş) va 165-moddasi (tovlamaçilik), şuningdek, boşqa moddalar bilan ayblanayotganini maʼlum qilgan edi. Biroq, sudga yuborilgan materiallarda Qudratullayevga qöyilayotgan ayblovlar ançayin köp. 

Bular Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining: 

•104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “g” bandi; 

•109-moddasi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismi;

•138-moddasi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) 1-qismi; 

•165-moddasi (Tovlamaçilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari; 

•168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” va “v” bandlari;

•228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a” va “b” bandlari, 3-qismi;

•242-moddasi (Jinoiy uyuşma taşkil etiş) 1-qismi; 

•243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş); 

•276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi “a” va “b” bandlari;

•277-modda (Bezorilik) 2-qismi “b” va “v” bandlari.


Teglar:
×