Falastinliklarning öz mustaqil davlatiga ega böliş huquqining toptalişi Yaqin Şarqdagi mojaroning kuçayişiga olib keldi. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I aytib ötdi.
"Falastin va Isroil örtasidagi mojaroning tugamasligiga sabab Falastin xalqining davlatçilik huquqlariga uzoq vaqt davomida eʼtibor bermaslik bilan boğliq", degan u.
Şuningdek, Xitoy Taşqi işlar vaziri mojaroni hal qiliş uçun "ikki xalq uçun ikki davlat" tamoyilini amalga oşiriş kerakligini maʼlum qilgan.
"Mustaqil Falastin davlatini yaratiş bugungi kunda qon tökilişlarini töxtatişning eng maqbul yöli", degan Van I.
Şu bois ham Xitoy ayni paytda mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça xalqaro konferentsiya çaqiriş va yöl xaritasini işlab çiqişni talab qilayotgani ham maʼlum qilingan.
"Falastin muammosi adolatli tarzda yeçilmas ekan, mintaqada tinçlik örnatib bölmaydi", degan u.









