Özbekistonni bosib olişni taklif qilgan Prilepin Zelenskiyni suiqasd uyuştirişda aybladi

Özbekistonni bosib olişni taklif qilgan Prilepin Zelenskiyni suiqasd uyuştirişda aybladi

Rossiyadagi “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi, Rosgvardiya podpolkovnigi, yozuvçi Zaxar Prilepin 2023 yilda öziga nisbatan uyuştirilgan suiqasd şaxsan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning buyruği bilan amalga oşirilganini aytdi. U bu fikrini yozuvçining 50 yilligi munosabati bilan suratga olingan “Yangi media ustaxonasi” filmidagi fiklariga tayanib, TASS xabar berdi.

“Va, albatta, menda u (Vladimir Zelenskiy) bilan şaxsiy hisob-kitobim bor, çunki şaxsan u eng yaqin döstlarimni va meni öldirişga buyruq bergan, mening öldirilişimni şaxsan qonuniylaştirgan”, deydi u.

Maʼlumot uçun, 2023 yil may oyida Nijniy Novgorod viloyatining Pionerskiy qişloğida Prilepin minib ketayotgan maşina portlatilgan. Portlaşda Ukrainaga bosqin boşlanişidan oldin va keyin, şu jumladan Rosgvardiya “Oplot” bataloni tarkibida u bilan birga xizmat qilgan yozuvçining örtoği Aleksandr Şubin halok böldi. Prilepin esa yaralangan. Tergov qömitasi Prilepinga maşinasini qaytarib bergan. Prilepinning taʼkidlaşiça, agar rulmanlar bilan töldirilgan tankga qarşi mina portlasa, omon qoliş imkoniyati deyarli yöq.

2023 yil 6 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Prilepinni “Jasorat” ordeni bilan taqdirladi. Şubin ham vafotidan keyin “Jasorat” ordeni bilan taqdirlangan.


×