AQŞ Isroildan yangi yil oldidan Ğazodagi uruşni yakunlaşni talab qildi

AQŞ Isroildan yangi yil oldidan Ğazodagi uruşni yakunlaşni talab qildi

Qöşma Ştatlar Isroilga Ğazo sektoridagi yurişi yangi yil boşlanişidan oldin yakunlanişi kerakligini aytdi. Bu haqda Britaniyaning "The Economist" jurnali nomi oşkor etilmagan bir qança manbalariga tayanib xabar berdi.

Naşrning yozişiça, AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda Isroilga taşrifi çoğida ham suhbatdoşlariga xuddi şunday xabarni yetkazgan.

Şuningdek, jurnal AQŞ Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Isroildan Falastin tinç aholi, ayniqsa Ğazo sektori janubidagi azob-uqubatlarni kamaytiriş uçun köproq harakat qilişni talab qilayotgani haqida xabar beradi.

"The Economist" naşrining qayd etişiça, Amerika rasmiylari ommaviy bayonotlarida yahudiy davlati HAMAS harakati pozitsiyalariga qarşi hujumni yakunlaşi uçun heç qanday muddat körsatmaydi.

Şu bilan birga, jurnal Isroil armiyasining muvaffaqiyatga erişiş ehtimolini past deb baholaydi.

Maqolada taʼkidlanganidek, agar Qöşma Ştatlar kelgusi yil boşida Ğazo sektorini bombardimon qilişni töxtatişni talab qilsa, Isroil armiyasi katta ehtimol bilan kamroq şiddat bilan bölsada, harbiy kampaniyasini davom ettiradi.

"Bunday vaziyatda HAMAS Ğazo sektorining bir qismini nazorat qilişda davom etadi, Isroil esa özining asosiy maqsadi – 7 oktyabrdagi hujum taşkilotçilarini yöq qilişga erişa olmaydi", deyiladi xabarda.


Teglar:
×