Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo aylanmasi 95 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni Qozoğiston Boş vazirining örinbosari – Milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin Ostonada bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” Işbilarmonlik kengaşining ikkinçi yiğilişida maʼlum qildi.
“Markaziy Osiyo mintaqasining Xitoy bilan savdo hajmi jadal surʼatlarda ösmoqda. 2024 yilda bu körsatkiç 95 milliard dollarga yetdi, şundan deyarli yarmi Qozoğistonga töğri keladi. Jumladan, ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmi tarixiy körsatkiçga – 44 milliard dollarga yetdi (Xitoy Bojxona boşqarmasi maʼlumotlariga köra 43,8 mlrd dollar, +6,8%). Yaqqol maqsadimiz yaqin kelajakda özaro savdo hajmini ikki baravarga oşiriş”, dedi Jumangarin.
Uning taʼkidlaşiça, muhim yönalişlardan biri bu – elektron savdo bölib, u tovar va xizmatlar almaşinuvini tezlaştirişga yangi imkoniyatlar oçmoqda.
“Xitoy Raisining “Ipak yöli elektron tijoratining tajriba zonasini yaratiş” taşabbusini amalga oşirişda hamkorlik qilişga tayyor ekanligimizni tasdiqlaymiz. Bizda Alibaba va JD.com elektron savdo maydonçalarida milliy pavilyonlar taşkil etiş böyiça allaqaçon ijobiy tajriba mavjud”, deya qöşimça qilgan vazir.









