Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy keça, 23 noyabr Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining “Şaxsiy maxsus iqtisodiy va boşqa çeklaş çoralarini (sanksiyalarini) qöllaş töğrisida”gi farmonini imzoladi.
Farmonlarda bir qator jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan jazo çoralarini qöllaş közda tutilgan. Hujjatda 147 ta jismoniy va 303 ta yuridik, jumladan Özbekiston fuqarolari va korxonalari nomi mavjud.
Yuridik şaxslardan Akkermann Cement CA (Ohangaron), “Ohangarontsement” AJ, jismoniy şaxslardan esa Nargiza Erkinovna Narziyeva (30.06.1984 yilda tuğilgan), Şohrux Olimjonoviç Nosirxöjayev (07.09.1980 yilda tuğilgan) sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan.
Birinçi farmon 60 nafar şaxsga tegişli bölib, ularga nisbatan sanktsiyalar asosan 10 yil muddatga qöllaniladi. Sanktsiyalar röyxatiga kiritilganlarning aktivlari blokirovka qilinadi va savdo operatsiyalarini çeklanadi.
Uşbu röyxatga, şuningdek, Rossiya, Ukraina, Kipr, Buyuk Britaniya, Germaniya va Şveytsariya fuqarolari kiritilgan. Sanktsiyaga oid hujjatda Rossiya prezidenti maʼmuriyatining sobiq rahbari Anatoliy Çubays va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibining sobiq örinbosari Vladimir Sivkoviç ham bor.
Rossiya, Kipr, Turkiya va Xitoyda joylaşgan 93 yuridik şaxsga nisbatan 10 yillik sanktsiyalar joriy etilgan.
Ikkinçi farmonning sanksiyalari 87 nafar jismoniy va 210 nafar yuridik şaxsga nisbatan qöllaniladi. Şuningdek, gap asosan 10 yil muddatga sanktsiyalar haqida ketmoqda.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi Yevropa Ittifoqi, Amerika Qöşma Ştatlari va boşqa davlatlar vakolatli organlarini uşbu sanktsiyalar qöllanilişi töğrisida xabardor qilişi belgilangan.









