Joriy yilning mart oyida Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Doniş köçasidagi avtomobil yölining 500 metr qismida 40-50 sm.gaça çökiş holati yuzaga kelganligi tufayli, uşbu hududda transport vositalarining harakati vaqtinça çeklangan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlarining örganişlari natijasida mazkur holat yuzasidan quyidagilar aniqlandi.
Xususan, mutasaddi taşkilotlar tomonidan «Yunusobod-Turkiston» yer osti metro konstruktsiyasining atrofini va yon qismlarini tuproq bilan qayta töldiriş va ziçlaş işlari sifatli bajarilmaganligi, texnik nazorat talab darajasida olib borilmaganligi hamda avtomobil yölini rekonstruktsiya qilişda loyihalaştiriş işlari notöğri olib borilganligi sababli yuqoridagi çökiş holati yuzaga kelib, natijada davlatga 4,5 mlrd. söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda holat böyiça Respublika Transport prokuraturasi tomonidan Toşkent metropoliteni liniyalarini quriş direktsiyasi va Toşkent şahar hokimligi Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Ahmad Doniş köçasida yuzaga kelgan holatni bartaraf etiş böyiça mutasaddi idoralar tomonidan tegişli çora-tadbirlar taşkil etilmoqda.









