Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida nizomning 78-bandiga asosan işdagi tanaffuslar mavjudligidan qatʼi nazar, oxirgi ön yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket beş yil uçun (pensiya tayinlaşni sörab murojaat etgan kişining tanlovi böyiça) oylik iş haqi olinadi.
Pensiyani hisoblaş uçun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:
- yoşga doir pensiyalar uçun — pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqining 55 foizi, biroq yoşga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
- I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga nogironlik pensiyasi uçun — pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqining 55 foizi, biroq yoşga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
- boquvçisini yöqotganlik pensiyasi uçun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunçilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam emas;
- har ikkala ota-onasini yöqotgan bolalarga (çin yetimlarga) boquvçisini yöqotganlik pensiyasi uçun yoki vafot etgan yolğiz onaning bolalariga har bir bola uçun — pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqining 30 foizi, biroq yoşga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas.
Iş staji belgilangandan köp bölgan taqdirda qanday hisoblanadi?
Masalan, ayollarga pensiyaga çiqiş uçun 20 yil staj talab qilinsa, xodimning iş staji 30 yilni taşkil qilsa, bunday holatda pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça oylik iş haqining 1 foiziga oşiriş orqali pensiya hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab çiqariş uçun olinadigan iş haqi ötgan yillardagi iş haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi iş haqi darajasiga keltiriş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiya (nafaqa) haqida my.gov.uz orqali maʼlumot olişingiz mumkin.









